Tekshiruv qorin sohasida og‘riq yoki noqulaylik, jig‘ildon qaynashi, qorin dam bo‘lishi, najas buzilishlari, ishtaha pasayishi holatlarida, shuningdek oshqozon-ichak trakti surunkali kasalliklari mavjud bo‘lgan yoki ovqat hazm qilish a’zolari salomatligini profilaktik nazorat qilishni istagan insonlarga tavsiya etiladi.