Tekshiruv 18 yoshdan katta insonlarga tavsiya etiladi. Ayniqsa quyidagi holatlarda: arterial qon bosimi yuqori bo‘lsa, yurak-qon tomir kasalliklariga irsiy moyillik mavjud bo‘lsa, xolesterin darajasi oshgan bo‘lsa, ortiqcha vazn, qandli diabet, chekish odati mavjud bo‘lsa, shuningdek ko‘krak sohasida og‘riq, hansirash yoki yurak ritmi buzilishlari kuzatilganda.