news uz

30 yoshdan keyin: har yillik salomatlik chek-listi

2025-11-20 17:08
30 yoshdan keyin organizm o‘zgarishni boshlaydi — modda almashinuvi sekinlashadi, gormonal fon stressga kuchliroq javob qaytaradi, yashirin buzilishlar esa yillar davomida hech qanday alomatlarsiz rivojlanishi mumkin. Shu sababli muntazam chek-ap organizmingizning o‘ziga xos xususiyatlarini yaxshiroq tushunish va yuzaga kelayotgan o‘zgarishlarni erta bosqichda aniqlashga yordam beradi.

Quyida De Factum 360 kompleks dasturlari asosida tuzilgan yillik salomatlik chek-listi bilan tanishishingiz mumkin.
1. Asosiy laboratoriya tahlillari
Ushbu tekshiruvlar organizm holati haqida asosiy tasavvurni beradi hamda yallig‘lanishlar, kamqonlik, qon ivishidagi buzilishlar, jigar va buyrak faoliyatidagi muammolar, shuningdek modda almashinuvi bilan bog‘liq o‘zgarishlarni erta aniqlash imkonini beradi.
Barcha uchun:
  • Umumiy qon tahlili (kengaytirilgan)
  • Qonning biokimyoviy tahlili (20 ko‘rsatkich)
  • Koagulogramma (PTI, MNO, fibrinogen, AChTV va boshqalar)
  • Umumiy siydik tahlili
  • Glikirlangan gemoglobin
  • HOMA-IR: glyukoza, insulin va insulinrezistentlik indeksini hisoblash
  • Ferritin
  • Gomosistein
  • D vitamini
2. Gormonal holat
30 yoshdan keyin gormonal muvozanat tana vazni, energiya darajasi, teri holati, uyqu sifati va reproduktiv salomatlikka bevosita ta'sir qiladi.

Ayollar uchun:
  • TTG
  • Erkin T3
  • Erkin T4
  • Prolaktin
Erkaklar uchun:
  • TTG
  • Erkin T3
  • Erkin T4
  • Erkin va umumiy testosteron
3. Infeksiyalar va onkologik xavflar skriningi
Barcha uchun:
  • HBsAg
  • Anti-HCV
  • Treponema pallidum ga qarshi antitanalar

Ayollar uchun qo‘shimcha:
  • PAP-test
  • Femoflor
  • HPV (14 tur)
  • Kolposkopiya
  • Onkomarkerlar: CA-125, CA-15-3
Erkaklar uchun qo‘shimcha:
  • Umumiy va erkin PSA
  • Androflor-skrining
4. Instrumental diagnostika
Tahlillar orqali aniqlab bo‘lmaydigan o‘zgarishlarni aniqlash imkonini beradi.

Barcha uchun:
  • EKG
  • Ko‘krak qafasi a'zolarining rentgen tekshiruvi
  • Qorin bo‘shlig‘i a'zolarining UTT
  • Qalqonsimon bezning Doppler tekshiruvi bilan UTT

Ayollar uchun:
  • Kichik chanoq a'zolarining UTT
  • Sut bezlarining UTT
Erkaklar uchun:
  • Prostata bezining UTT va qoldiq siydik hajmini aniqlash
  • Buyraklar va buyrak usti bezlarining UTT
5. Mutaxassislar konsultatsiyasi
Har yili quyidagi mutaxassislar ko‘rigidan o‘tish tavsiya etiladi:
  • Terapevt
  • Oftalmolog
  • Ginekolog (ayollar uchun)
  • Urolog (erkaklar uchun)
  • Zaruratga qarab tor soha mutaxassislari: endokrinolog, gastroenterolog, nevrolog
6. Shaxsiy salomatlik pasporti
De Factum 360 klinikasida ayrim chek-ap dasturlaridan o‘tganingizdan so‘ng sizga shaxsiy salomatlik pasporti taqdim etiladi. Unda tekshiruv natijalari, shifokor tavsiyalari va salomatlikdagi o‘zgarishlar dinamikasi qayd etiladi. Bu yilma-yil holatingizni kuzatish hamda turmush tarzi yoki davolash rejasini o‘z vaqtida moslashtirish imkonini beradi.

Agar ushbu chek-list bilan tanishganingizdan so‘ng tekshiruv dasturini tanlashga tayyor bo‘lsangiz, saytimizda quyidagi bo‘limlar mavjud:

Ayollar uchun chek-aplar — 👉🏻 bu yerda

Erkaklar uchun chek-aplar — 👉🏻 bu yerda

Dasturlarning aksariyatini atigi ikki kun ichida, ekspress variantlarini esa bir kunning o‘zida o‘tish mumkin.

Agar o‘zingizga mos individual chek-ap dasturini tuzmoqchi bo‘lsangiz, saytimizdagi konstruktor xizmatidan foydalaning — 👉🏻 bu yerda. Buyurtmani rasmiylashtirgandan so‘ng resepshnda chegirmaga ega bo‘lasiz.

Bu yil aynan siz uchun qaysi tekshiruvlar eng dolzarb ekanini oldindan aniqlashning qulay usulidir.