news uz
    <language>ru</language>
Bioimpedansometriya — tana tarkibini tahlil qilish
      <description>Bioimpedansometriya oddiy tarozilar ko‘rsata olmaydigan ma’lumotlarni aniqlaydi: tana yog‘i foizi, mushak massasi, organizmdagi suyuqlik miqdori va modda almashinuvi xususiyatlari. </description>
Tahlillardagi chegara ko‘rsatkichlari
      <description>Odatda tahlil natijalari me'yor va me'yordan chetga chiqish holatlariga bo‘linadi. Ammo amalda hammasi buncha oddiy emas. </description>
Tahlillardagi chegara ko‘rsatkichlari
Prediabet belgilari: qachon shifokorga murojaat qilish kerak?
      <description>Prediabet asta-sekin rivojlanadi va ko‘pincha sezilmaydi. Hatto o‘zingizni yengil noqulay his qilishingiz ham qondagi shakar miqdorini tekshirtirish va kasallikni erta bosqichda aniqlash uchun sabab bo‘lishi mumkin.</description>
Stress biomarkerlari: organizm ortiqcha yuklamani qanday signal qiladi?
ISO: har bir bemor nimalarni bilishi kerak?
      <description>Klinikadagi ISO — bu tashxislar va tahlil natijalariga ishonish mumkinligini anglatadi. Barcha jarayonlar aniq belgilangan standartlar asosida tashkil etiladi va muntazam nazoratdan o‘tkaziladi.</description>
ISO: har bir bemor nimalarni bilishi kerak?
Gormonlarni tekshirish: qachon zarur?
      <description>Gormonlar — bu organizmdagi ko‘plab tizimlar faoliyatini boshqaruvchi kimyoviy «vositachilar»dir. Ular modda almashinuvi, energiya darajasi, reproduktiv salomatlik, qalqonsimon bez faoliyati va hatto emotsional holatni ham tartibga soladi.</description>
Gormonlarni tekshirish: qachon zarur?
Xalqaro ISO standartlari endi De Factum klinikasining ajralmas qismi.
      <description>De Factum klinikasida biz har doim sizning klinikadagi har bir tashrifingiz e'tibor, g‘amxo‘rlik va yuqori darajadagi xizmat bilan bog‘lanishi uchun barcha imkoniyatlarni ishga solamiz.</description>
30 yoshdan keyin: har yillik salomatlik chek-listi
      <description>Siz yiliga bir marta nimalarni tekshirtirish haqiqatan ham muhimligini bilishingiz uchun De Factum 360 kompleks dasturlari asosida erkaklar va ayollar uchun to‘liq yillik salomatlik chek-listini tayyorladik.</description>
Biz chek-ap konstruktorini ishga tushirdik
      <description>Biz yangi xizmat — chek-ap konstruktorini yaratdik. U sizga ehtiyojlaringizdan kelib chiqib, individual tekshiruv dasturini mustaqil shakllantirish imkonini beradi</description>
Biz chek-ap konstruktorini ishga tushirdik
Muntazam tekshiruvlarning foydasi
      <description>Zamonaviy tibbiyot tobora ko‘proq profilaktika davolashdan muhimroq ekanini ta'kidlamoqda. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma'lumotlariga ko‘ra</description>
Muntazam tekshiruvlarning foydasi
De Factum 360 — chek-ap bo‘limi
      <description>De Factum 360 — kompleks tibbiy tekshiruvlarni o‘tkazish uchun tashkil etilgan ixtisoslashtirilgan chek-ap bo‘limidir</description>
De Factum 360 — chek-ap bo‘limi